01Avtobus
Koreyada avtobusning shahar avtobusi, shahar tashqarisiga qatnovchi avtobus, hamda ekspres avtobus kabi turlari mavjud. Shahar tashqarisiga qatnovchi yoki ekspres avtobuslardan foydalanishda, chiptani oldindan sotib olish kerak. Avtobusga minishdan oldin uning jo'nab ketish vaqti va boradigan joyingizni aniqlab olganingiz ma'qul.
(1)Shahar ichida qatnovchi avtobuslar
Shahar ichida qatnovchi avtobuslardan foydalanish tartibi
- Yo'l haqi ni avtobusga minayotganda naqd pul yoki kartochka orqali to'lanadi
- Yo'l transport kartochkalarini avtobus bekatlari yoki atrofdagi savdo do'konlaridan xarid qilish mumkin. Yo'l haqini eng katta koreys pul birligi 50.000 vondan eng kami 1.000 vongacha bo'lgan miqdorda kartochkaga solib ishlatish mumkin.
- Hozirgi kunda kishilar kredit kartochkalariga transport kartochkasi funksiyasini yuklagan holda ham ulardan foydalanishmoqda.
- Yo'l transport kartochkasidan foydalanilsa yo'l narxi birmuncha arzonlashtiriladi. Shuningdek metro yoki avtobuslarda boshqasiga almashtirib minilganda
Shahar avtobuslari narxi va xususiyatlari
Shahar avtobuslari narxi va xususiyatlari | Turi | Transport kartochkasi | Naqd pul |
| Oddiy shahar avtobuslari | 1,500 von | 1,500 von |
| Shaharlararo magistral avtobuslar | 3,000 von | 3,000 von |
| Kichik shaharchalar avtobuslari | 1,200 von | 1,200 von |
- Yuqorida ko’rsatilgan jadvaldagi narxlar Seulda naqd pul orqali yo’l haqini to’lash bilan belgilangan narx bo’lib, narxlar viloyatlarga qarab turlicha bo’lib, har bir viloyat qoshidagi shahar, tuman idoralari saytlari orqali ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
Yodda tuting!
Seul shahar avtobuslari
-
- Asosiy magistral avtobusi
- Asosiy katta magistral yo’li orqali Seul va viloyatlar oralig’ida qatnaydi.
-
- Mahalliy magistral avtobusi
- Seuldagi asosiy metro bekatlari yoki avtobus terminallari bo’ylab harakatlanadi.
-
- Shaharlararo magistral avtobusi
- Seulni boshqa shaharlar bilan bog’lovchi asosiy avtobus hisoblanadi.
-
- Aylana magistral avtobusi
- Seul bo’ylab nafaqat asosiy bekatlar, balki turistik va savdo markazlari bo’ylab ham harakatlanadi.
-
- Marshrut avtobuslar
- Metro poyezd bekatlari va xalqaro magistral avtobuslarini almashtirib miniladigan bekatlar, ko’p qavatli uylar atrofidagi bekatlar va boshqalarni bog’lab turuvchi qisqa masofaga qatnovchi avtobus hisoblanadi.
-
- M avtobusi (Shaharlararo magistralda tezkor harakatlanvchi avtobus)
- Poytaxt shaharning transport zichligini yengillashtirib kishilarning ishga borish va kelishlarini yengillashtirish uchun, boshlangich va so’nggi bekatlari oralig’I 5 km bo’lgan 4 ta bekatgagina qatnochi avtobus hisoblanadi.
Transportni almashtirib minish tizimi(Avtobus yoki metroga chiqqanda yoki tushganda kartochkani o'quvchi moslamaga tiqing)
Metro poyezdlari qatnovchi barcha tumanlarda bunday tizim mavjud. Avtobusdan boshqa avtobusga minganda yoki avtobusdan metroga almashtirib minganda narxlarga qarab arzonlashtirilgan tizimli tariflardan foydalanish mumkin.
Masalan tizimli arzonlashtirilgan ta’riflar amalga oshiriluvchi yo’l kartochkasidan foydalanmay naqd pul to’lab, avtobusdan avtobusga minilganda, har safar mingani uchun yo’l kira haqini to’lash kerak bo’ladi.
Biroq yo’l kartochkasidan foydalanib transport almashtirib minilsa, avtobus yoki metroga minilsa ham belgilangan 10 metrlik yo’l uchun qo’shimcha pul to’lanmasa ham bo’ladi. Faqat, 10 km dan oshsa har 5 km uchun qo’shimcha yo’l haqi 100 von to’lash lozim. Tumanlarga qarab yo’l haqining arzonlashtirilishidan farq bor. Ushbu almashlab minish tizimidan samarali foydalanish uchun bir transportdan tushgandan so'ng 30 daqiqa ichida boshqa bir transportga chiqing (agar kechki soat 21 bo'lsa, keyingi kuni ertalab 7 gacha 1 soat ichida)
(2)Shaharlararo va ekspres avtobuslar
Shaharlararo va ekspres avtobuslardan foydalanish tartibi
- Avtobus terminalidan yo’lga chiqib, uzoq bo’lgan viloyatlar shaharlariga yo’lga otlanganda foydalaniladi.
- Shaharlararo avtobus turli shaharlar bo’ylab qatnaydi va shu sababdan ekspres avtobusga qaraganda ularni minganda ko’proq vaqt ketadi.
- Ekspres avtobuslar faqat bitta belgilangan shahargagina qatnaydi. Ularning oddiy, qulaylashtirilgan va premium turlari mavjud bo’lib. Qulaylashtirilgan (komfort) ekspres avtobuslari o’rindiqlar orasi keng va qulay foydalanishingiz mumkin. Premium avtobuslari esa keng o’rindiq joylari yohud stol taxtasi mavjud bo’lib, shaxsiy ekran oldi o’rindiqning orqa tarafida mavjud bo’lib kino, TV va turli dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Qulayliklari darajasiga munosib narxlari premium>comfort>oddiy ekspres avtobuslar navbati bilan ajralib turadi.
Asosiy shahar avtobus terminallari
Shaharlararo yoki ekspres avtobuslarga minganda har bir hududda joylashgan avtobus terminallariga borish lozim. KOBUS tashkiloti sayti (www.kobus.co.kr) yoki shaharlararo avtobuslarga chiptalar buyurtma qilish (txbus.t-money.co.kr) saytidan harakatlanish ma’lumoti, chiptaga buyurtma kabilar haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
Asosiy shahar avtobus terminallari | Terminallar nomi | Telefon raqami | Terminallar nomi | Telefon raqami |
| Seul-Kyongbu ekspres avtobus stansiyasi | 1688-4700 | G’arbiy ekspres avtobus stansiyasi | 1666-2600 |
| Sharqiy Seul avtovokzali | 1688-5979 | Ulsan ekspres avtobus stansiyasi | 1688-7797 |
| Markaziy shahar stansiyasi Xonam | 02-6282-0114 | Kangnung ekspres avtobus vokzali | 033-641-3184 |
| Sangbong shaharlararo avtobus stansiyasi | 02-323-5885 | Sokchxo ekspres avtobus vokzali | 033-631-3181 |
| Seul janubiy avtobus stansiyasi | 1688-0540 | Chunchon ekspres avtobus vokzali | 033-256-1571 |
| Suvon avtovokzali | 1688-5455 | Chongju shaharlararo avtobus stansiyasi | 1688-4321 |
| Inchxon avtovokzali | 1666-7114 | Mokpo avtobus stansiyasi | 1544-6886 |
| Ansan avtobus stansiyasi | 1666-1837 | Chonju ekspres avtobus vokzali | 063-277-1572 |
| Ijonbu avtovokzali | 1688-0314 | Gvangju avtobus vokzali | 062-360-8114 |
| Tejon avtobus stansiyasi | 1577-2259 | Yosu shaharlararo avtobus vokzali | 1666-6977 |
| Chonan avtobus vokzali | 041-640-6400 | Pusan shaharlararo avtobus vokzali | 1577-9956 |
| Sharqiy Tegu ekspres avtobus stansiyasi | 1666-3700 | Masan ekspres avtobus vokzali | 1688-3110 |
02Metro
Poytaxt Seul, Pusan, Tegu, Gvangju, Tejon metro poyezdlari doimiy qatnab turadi. Poytaxtning o’zida 9 ta metro yo’nalishi va Inchxon 1-2-yo'nalishi, Bundang yo’nalishi, Yangi Bundang yo'nalishi, Kyonggui Markaziy yo’nalish, Aeroport temir yo’li kabilar qatnamoqda. Yo’nalishlarning har biri alohida rangga ega bo’lgan Seul metrosi Seulning eng katta va ulkan shahar, shuningdek Koreyaning deyarli barcha nuqtasiga yetkizuvchi ko’p sonli yo’lovchi bekatlariga ega ekanligini ko’rsatib turadi. Umuman olganda metrolar ertalab, kechqurun transport qatnovi tig’iz vaqtida 2-3 daqiqa, boshqa vaqti 4-6 daqiqa farq oralig’ida qatnaydi.
(1)Yo’l chiptasi va narxi
Yo’l chiptasi va narxi | Turi | Yo’l transport kartochkasi | Bir martalik yo’l kartochkasi |
| Kattalar uchun | 1,550 von | Bir martalik transport kartasidan foydalanganda yo'l haqiga 100 von qo'shiladi |
| O'smirlar uchun | 900 von | Oddiy bir martalik chipta qo’llaniladi |
| Bolalar uchun | 550 von | Yo’l kartochkasi to’lovi bilan bir xil |
- Yuqoridagi jadval poytaxt tumanlariga nisbatan 10 km lik yo’l doirasida tuzilgan bo’lib, ishlatish va narxlar ba’zi tumanlarda farq qilishi ham mumkin. Shu sababdan har bit metro boshqaruv saytlaridan ma’lumot olishingiz mumkin.
(2)Foydalanish usuli
- Bir marta bir tomonlama metroga minilgan holatlarda 1,550 von bo’lib, (10 kmgacha yo’l kartochkasidan foydalanish), masofaga qarab qo’shimcha narxlar qo’shib boriladi.
- Metrolar qatnovi vaqti odatda ertalab 5.30dan yarim kechagacha hisoblanadi.
- Metro liniyalari xaritasi metro bekatlarining deyarli hammasida ko’rsatib qo’yilgan. Shuningdek, qo’lda olib yurishga qulay cho’ntak metro xaritalarini har bir metro bekatlarida joylashgan ma’lumotlar markazidan yoki bekat boshqarma bo’linmalaridan bepul olishingiz mumkin.
- Metro poyezdlari qatnovchi barcha tumanlarda yo’l kartochkasini ishlatish mumkin bo’lib, avtobus va metroni almashtirib minilganda, belgilangan miqdordagi arzonlashtirilgan yo’l narxi qo’shiladi. Narxlarning arzonlashtirilishi bekatlarga qarab farqlanib, narxlar har xil bo’lishi ham mumkin.
- Yo’l haqini naqd pul orqali to’lash ham mumkin, biroq bunda arzonlashtirilgan xizmat va transport almashtirish to’lovi kamayishi amalga oshmaydi. Shunga ko’ra yo’l kartochkasidan foydalangan yaxshiroqdir. Kartochkada doim bir martalik yo’l haqi to’lovidan oshiq miqdordagi summa qolishi kerak. Summa yetmay qolgan taqdirda, avtobus bekatlari kassalari yoki metro bekatlaridagi kartochkaga pul solish qurilmasi orqali naqd pul bilan xohlagan summani solish mumkin.
Yodda tuting!
Chipta sotish qurilmasidan foydalanish tartibi
- 1Yo’l kartochkasiga pul solish, bir martalik yo’l kartochkasini olish, bepul yo’l kartochkasi kabilar orasidan xohlagan xizmat turi tanlanadi.
- 2Kerakli xizmat tugmachasi bosiladi(yo’l haqi to’lovi uchun)
- 3Sotib olinadigan kerakli kartochkalar soni tanlanadi.
- 4Pul solinadi.
- Bir martalik yo’l kartochkasini sotib olishda qiymatga ko’ra kafolat puli (depozit) kerak bo’lib, uni ko’zlangan manzilga yetib borgach metrodan chiqishdagi depozit pulini chiqarib beruvchi qurilma orqali qaytarib olish mumkin. Tumanlararo 1 martalik jamoat transportidan foydalanish kartalarining depozit pul qiymati hamda holati farq qiladi.
- < Avtomatik chipta qurilmasi >
Bolalarni oziqlantirish xonasi
Seul, Pusan, Tegu, Inchon, Gvangju, Tejon va boshqa asosiy metro bekatlari, poyezd bekatlarida “Bolajonlar sevgi xonasi”, “Bola va ona baxti xonasi” va h.k xonalardan yosh bolalik onalarga foydalanishga topshirilgan.
- Kengroq ma’lumotlarni xar bir zonadagi metro boshqarish idoralariga, KORAIL va h.k ma’sul markazlar bosh sahifasi orqali topishingiz mumkin.
(3)Metro yo’nalishlari xaritasi
Birinchi yoki so’nggi qatnov vaqti, metro bekatlar haqidagi ma’lumot, harakatlanish jadvali, tez va oson yo’l orqali borish va boshqa shu kabilar haqida quyida keltirilgan har bir tuman metro bekatlari bo’limlarining internet sayti orqali bilib olishingiz mumkin:
03Taksi
Koreyada taksilar 24 soat ishlaydii. Mashina ustiga turli rangdagi belgilar osib qo’yilgani sababli shaxsiy avtomobildan osongina farqlab olish mumkin. Taksiga minish uchun taksi uchun mo’ljallangan bekatlarda kutish yoki yo’l chetida turib qo’l silkitib o’tib ketayotgan taksini chaqirish mumkin. Telefon orqali chaqiriladigan Koll-taksidan foydalanmoqchi bo’lsangiz yo’lkiradan tashaqari ustama (odatda 1,000 von) bo’lishi mumkin. Koreyada har bir hududda bir nechta taksoparklar ish yuritadi.
(1)Oddiy taksilar
Ularga odatda 3-4 kishigacha minish mumkin bo’lib, yo’l kira haqini masofaga qarab o’lchovchi qurilmalar o’rnatilgan bo’ladi. Belgilangan narxlar tumanlarga ko’ra turlicha bo’lib, taxminan 4,800 von (Seul ichida, 1.6 kmgacha) bo’ladi. Tungi 00:00-04:00gacha belgilangan narxga yana 20% qo’shimcha narxlar qo’shiladi.(2025-йил июль ҳолатига кўра)
(2)Delyuks taksilar
Бу таксилар двигатели ҳажми 2000 куб. см ёки ундан ортиқ бўлган ҳашаматли йўловчи транспорт воситаларидир. Улар асосан қора ва асосан Сеул метрополитени ҳудудида ишлайди. Асосий йўлкира нархи 7000 KRW (Сеулда 3 км гача), бу оддий таксидан анча қиммат.
(3)Grand taksilar (kolven bilan )
Odatda ko’pi bilan 9 kishigacha minishi mumkin bo’lgan katta taksi-furgon bo’lib, yukingiz yoki hamrohlaringiz ko’p bo’lganda minishga juda qulay hisoblanadi. Barcha mashinalarda qo’ng’iroq xizmati ulangan bo’lib, kerak vaqti dispetcher orqali bog’lanib, qachon, qayerda bo’lsangiz ham qo’ng’iroq qilib chaqirishingiz mumkin. Yo’l narxi grand taksilardek 7,000von bo’lib, haydovchi va yo’lovchi kelishuvi orqali ham yo’l narxini arzonlashtirish mumkin.
04Shaxsiy avtomobil
Oddiy oilalar kundalik hayotda sotib olib foydalanuvchi mashinalar hisoblanadi. Shaxsiy mashinalarning hajmi katta yoki kichik turlari ko’p bo’lib, narxi ham odatda bir qancha milliondan o’n milliongacha turadi.
Haydovchilik guvohnomasini olish
Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi quyidagicha
- 1Yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini o’qitish: Yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini o’qitish bo’lim imtihonidan oldin haydovchilik guvohnomasini olish imtihoni o’tkaziladigan joyda yoki yo’l harakati xavfsizlik qoidalarini o’rgatadigan tashkilotlar tomonidan belgilangan joyda(Avtomobil boshqarishni o’rganish o’quv markazi) da o’tkaziladi.
- 2Tibbiy ko’rikdan o’tish (Pullik)
- 3Bo’limlarga hujjat topshirish
학과점수 표 : 필요한 서류, 수수료를 포함한 표입니다. | Kerakli hujjatlar | To’lov miqdori |
Anketa (so’nggi 6 oy ichida olingan passport uchun rangli 3 ta rasm), shaxsiy fuqarolik hujjati (shaxsini tasdiqlovchi hujjatga mos kelishi kerak) | 10000 KRW (8000 KRW mototsikllar uchun) |
- 4O’quv mashg’uloti imtihoni (* Imtihon uchun hujjat topshirishdan oldin yo’l harakati xavfsizligi mashg’ulotlarini tugatgan bo’lishi shart ) : Tuzib chiqilgan 40ta testni yechib chiqish.
- Imtihon olib boriluvchi tillar:Koreys tilidan tashqari yana 3 ta til (ingliz, xitoy, vyetnam tillari)
- 5Amaliy imtihonga ariza topshirish : O’quv mashg’uloti imtihonidan o’tgan kishi yoki oliy mohirlik imtihonidan o’ta olmaganlar ushbu imtihondan qayta o’tishlari mumkin
기능접수 표 : 필요한 서류, 수수료를 포함한 표입니다. | Kerakli hujjatlar | To’lov miqdori |
| Imtihon topshirish uchun ariza, shaxsiy fuqarolik hujjati (shaxsini tasdiqlovchi hujjatga mos kelishi kerak), : Vositachi hujjat topshiradigan hollarda : vositachi shaxsini tasdiqlovchi hujjat, guvohnomani oluvchi shaxs tomonidan berilgan ishonchnoma nusxasi | - 1 va 2 kategoriyalar odatda 25,000 von
- 1- kategoriya (mikroavtobuslar) 25,000 von
- Mototsikllar 10,000 von
- 2-kategoriya (kichik avtomobillar) 14,000 von
|
- 6Amaliy imtihon : Mashinani bevosita o’zi haydab, turli amallarni bajarish orqali imtihon topshiradi.
- 7Vaqtinchalik haydovchilik guvohnomasini olish: 1 yoki 2-kategoriya uchun haydovchilik guvohnomasini olish uchunamaliy imtihondan o’tganlarga katta yo’lda haydash huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
- 8Katta asosiy yo’lda haydash guvohnomasi uchun ariza topshirish : Bunday guvohnomani olgan shaxs sifatida mashqlarni hammasini bajarib bo’lib, katta asosiy yo’lda harakatlanish amaliy imtihonini topshirish uchun imtihon topshirish kuni va joyi tayinlanadi.
- 9Katta asosiy yo’lda harakatlanish amaliy imtihoni : Bu uchun ariza topshirilgan vaqtda tayinlangan imtihon kuni tayinlangan joyda imtihondan o’tiladi.
- 10Haydovchilik guvohnomasini olish : Katta asosiy yo’lda harakatlanish amaliy imtihonidan o’tgan shaxslar har bir imtihon topshirish darajasi (1-kategoriya : katta mashinalar, 2-kategoriya oddiy mashinalar, 3-kategoriya maxsus mashinalar, 4-kategoriya kichik mashinalar, 2- kategoriya shuningdek mototsikl va velosipedlar)ga ko’ra turlicha guvohnomalar beriladi.
Chet eldagi haydovchilik guvohnomasini hozirgi yashayotgan mamlakat haydovchilik guvohnomasiga almashtirish
Chet elda tegishli joyda o’qib guvohnoma olgan shaxslar elchixonadan buni tasdiqlovchi hujjat va boshqa taqdim etilishi kerak bo’lgan hujjatlar vositasida o’sha guvohnomaning haqiqiyligi aniqlanib, yozma tekshiruv shuningdek yozma imtihon va biror o’quv mashg’uloti imtihonidan o’tib o’sha mamlakat haydovchilik guvohnomasiga almashtirish mumkin. Chet elda olingan guvohnomaning foydalanish muddati qayd qilingan litsenziyaga asoslanib guvohnoma haqiqiy deb topiladi va lekin uni vaqtinchalik guvohnoma, mashg’ulot o’tayotganlik haqidagi guvohnoma, haydovchilik sertifikati va shu kabi guvohnomalar bilan almashtirib bo’lmaydi.
- Ariza topshirish joyi : Mamlakat hududidagi xohlagan birorta haydovchilik guvohnomasini olish imtihoni joylari
- National Police Agency (Milliy politsiya agentligi) tomonidan 2023-yilning 22-November sanasida eʼlon qilingan tan olingan davlatlar roʻyxati
- Koreyadagi haydovchilik guvohnomasini tan oladigan davlatlar : bu hech qanday imtihonsiz koreys haydovchilik guvohnomasini boshqa davlat guvohnomasiga almashtirib beradigan davlatlar. Gongkong, Tayvan, Goam va boshqa shu kabilar bitta haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lish mumkin bo’lgan davlatlar kiradi. Imtihon belgilangandan so’ng Koreya haydovchilik guvohnomasini tan olish yoki o’zgartirish hal qilinadi va natijasi ma’lum qilingandan keyin qonun qoidalarga rioya qilinadi.
- Belgilangan davlat guvohnomasi koreys haydovchilik guvohnomasiga almashtirilganda : Yozma tekshiruv (fizik tekshiruv)gina amalga oshiriladi.
- Koreya haydovchilik guvohnomasi uchun tan olinmagan davlat tomonidan berilgan haydovchilik guvohnomasi: qobiliyat testi va skrining testi (koʻp variantli, 40 ta savoldan iborat test) koreys, ingliz, xitoy va vyetnam tillarida mavjud.
- AQSHning Oregon va Aydaxo shtatlari tan olingan davlatlar roʻyxatiga kiradi,, lekin bu shtatlar fuqarolari test topshirishlari talab qilinadi.
- Topshiriladigan hujjatlar
Topshiriladigan hujjatlar | Turi | Tan olinadigan davlatlar | Tan olinmaydigan davlatlar |
| Chet ellik shaxslar, chet el fuqaroligini olgan shaxslar | - Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport asl nusxasi : Koreya hududiga kirgan kunidan chiqib ketish kunigacha bo’lgan muddat ko’rsatilgan bo’lishi kerak
- Chet ellik ekanligini tasdiqlovchi hujjat (Koreyada yashayotgan chet ellik ID kartasining asl nusxasi)
- So’nggi 6 oy ichida olingan rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududida yashayotganini tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 8,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan mustasno)
| - Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi (doimiy yashovchi haqiqda sertifikat, viza inobatga olinmaydi) Haydovchilik guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi tasdiqlanishi lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 18,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan mustasno
|
구비서류 표 : 구분, 인정국가, 불인정국가를 포함한 표입니다. | Turi | Tan olinadigan davlatlar | Tan olinmaydigan davlatlar |
| Koreys fuqarolari, doimiy yashovchilar | - Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi kabilar orqali Haydovchilik guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi tasdiqlanishi lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 8,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan mustasno)
| - Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi asl nusxasi
- Pasport : Pasportida mamlakatga kirishchiqish shtampi kabilar orqali Haydovchilik guvohnomasini olgan davlatda 90 kundan ortiq yashayotganligi tasdiqlanishi lozim.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi (Chet elda yashovchi fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham)
- Rangli rasm 3 ta (ko’rsatilgan hajmda bo’lishi kerak)
- Haydovchilik guvohnomasi haqidagi elchixona bergan tasdiqlovchi hujjat yoki apostil
- Mamlakat hududiga kirib-chiqishni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilgan yilidan hozirgacha bo’lgan muddatda)
- To’lov miqdori: 18,000von (Tibbiy ko’rik xarajatlari bundan mustasno)
|
- Haydovchilik guvohnomasini tasdiqlovchi elchixonadan olinadigan hujjat yoki apostil : Chet elda olgan haydovchilik guvohnomasi ekanligini tasdiqlovchi elchixonadan beriladigan ma’lumotnoma bo’lib, foydalanish muddati olingan kundan boshlab 1 yil muddatga berilib, o’sha ko’rsatilgan muddat almashtirilgan guvohnoma uchun amal qilinadi.
- Haydovchilik guvohnomasi haqida elchixonadan beriladigan ma’lumotnoma yoki apostilda amal qilish muddati guvohnoma berilgan kundan boshlab 1 yilda, ma’lumotnomada ko’rsatilgan amal qilish muddati1 yil ichida bo’lsa ko’rsatilgan muddat hisobga olinadi.
- Haydovchilik guvohnomasi haqida elchixonadan beriladigan ma’lumotnomada “Haqiqiyligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma emas deb yozilgan bo’lsa” almashtirib berilmaydi.
- Kanada haydovchilik guvohnomasini almashtirishda “Kanadada berilgan haydovchilik tajribasi haqidagi guvohnoma” va “elchixona tasdiqlovchi ma’lumotnomasi”ni birga topshirish kerak.
- AQSh’ning Koreyadagi elchixonasi/Britaniya elchixonasi/Gonkongdagi Koreya konsulxonasi/Finlyandiya elchixonasi/Avstriya haydovchilik guvohnomalari uchun elchixona tasdiqlari berishni to‘xtatdi, shuning uchun haydovchilik guvohnomasi uchun apostil tasdiqlovi topshirilishi kerak.
- Haydovchilik guvohnomasi va tasdiq hujjatida olingan kun sanasi va muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, o’sha guvohnomani olgan boshqarma idorasidagi “Haydashga layoqatliligini tasdiqlovchi hujjat” va shu kabi sana va muddatini aniqlash mumkin bo’lgan hujjatni topshirish lozim.
- Mamlakat hududida kirish-chiqishni tasdiqlovchi hujjat va pasport : Mamlakat hududida kirish-chiqishni tasdiqlovchi hujjat va pasport muhri orqali guvohnomani almashtirayotgan mamlakat hududida 90 kundan ortiq yashagani va chet el guvohnomasi olingan davlatda ham ma’lum muddat yashagani haqida aniqlash lozim.
- Pasport yoki mamlakat hududiga kirish va chiqishni tasdiqlovchi hujjatga ko’ra Koreyada 90 kundan ortiq yashaganligini aniqlash imkoni bo’lmaganda, bundan tashqari ta’lim olayotganlik (ishlayotganlik) to’g’risidagi hujjat, soliqlar hisob-kitobi va shu kabi hujjat orqali ham tasdiqlash mumkin. Boshqa shaxsga tegishli bunday hujjatlar orqali tasdiqlash inobatga olinmaydi.
- Chet ellik rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan 90 kun yoki undan kamroq muddatga qisqa muddatga kelgan rezidentlar o‘zlarining xorijiy litsenziyalarini mahalliy litsenziyalarga almashtira olmaydilar (chet el fuqarosi sifatida ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinganlar bundan mustasno).
- Koreya Fuqarolik qonunining 6-moddasiga binoan fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar
- Almashtirilishi mumkin bo’lgan guvohnomalar
- Chet el haydovchilik guvohnomasi Koreyaning 2-guruh oddiy haydovchilik guvohnomasiga almashtirilishi mumkin
- Ikki tomonlama bu haqida shartnoma tuzmagan belgilangan davlatlar (Belgiya, Polsha, Ispaniya, Italiya)da olingan guvohnomalarni almashtirishda ularni Koreyaning xohlagan guruh guvohnomasiga almashtirish mumkin
- Shuningdek : Vositachi ariza topshirishi taqiqlanadi : (Gonkong, Tayvan, Goam kabi hech qanday imtihonsiz koreys haydovchilik guvohnomasini boshqa davlat guvohnomasiga almashtirish mumkin bo’lgan davlatlar)
- Eslab qoling : Avval Koreyadan olgan haydovchilik guvohnomasi bekor qilingan shaxslar, bekor qilinganlar uchun mo’ljallangan 6 soatlik o’quv mashg’ulotlariga qatnashishlari shart. (Amaliy ko’nikma tekshiruvi muddati tugab bekor qilingan holatlarda bekor qiluvchi shaxs yo’l harakati xavfsizlik qoidalari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tamomlashi talab etilmaydi.)
Xalqaro guvohnoma
Xalqaro guvohnoma | Kategoriyalari | Mazmuni |
| Tayyorlash kerak bo’lgan narsalar | - Shaxsan murojaat qilinganda: pasport (nusxasi ham qabul qilinadi), haydovchilik guvohnomasi, oxirgi 6 oy ichida tushirilgan 1 dona pasport hajmidagi fotosurat (3.5x4.5cm, faqat pasport uchun tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi)
- Vakil orqali topshirish: arizachining ID (asl nusxasini), 1 dona oxirgi 6 oy ichida tushirilgan fotosurati (3.5x4.5cm, faqat pasport uchun tushirilgan fotosuratlar qabul qilinadi) vakilning identifikatsiya kartasi (asl nusxasi), proksi vakolatini tasdiqlovchi hujjat
- Agar vakil xorijda yashasa, mamlakatga kirishni tasdiqlash sertifikati ham taqdim qilinishi shart.
- Koreya pasportiga ega boʻlgan koreyslar uchun Ommaviy maʼlumot almashishga rozilik berish orqali pasport (nusxasi) qoldirilishi mumkin.
- Xorijiy millatga mansub koreya haydovchilik guvohnomasi egasiga xalqaro haydovchilik guvohnomasi berish haqida maʼlumot
- Talab etiladigan hujjatlar: pasport, haydovchilik guvohnomasi, xorijlik registratsiya kartasi yoki yashash joyidan maʼlumotnoma, 1 dona oxirgi 6 oy ichida tushirilgan rasm (3.5x4.5cm, faqat pasport uchun tushirilgan rasmlar qabul qilinadi)
|
| Ariza topshirish joyi | Mamlakat hududidagi haydovchilik guvohnomasini olish imtihoni joylari va militsiya uchastkasi |
| Foydalanish muddati | Olingan kundan boshlab 1 yil |
| To’lov puli | 9,000von |
| Eslab qoling | - AQSH va boshqa ko’pchilik davlatlarda xalqaro guvohnoma bilan mashina haydaganda, Koreya haydovchilik guvohnomasi va pasportni birga olib yurilmasa, bu qonunga zid bo’lib, albatta bu uch hujjatni doim birga olib yurish kerak
- Undan tashqari AQSH, Kanada kabi davlatlarda tegishli shtat yo’l harakati qoidalariga ko’ra xalqaro haydovchilik guvohnomasini tan olishda farq bo’lishi mumkin. Shuning uchun elchixona orqali tashrif buyurmoqchi bo’lgan shtatda xalqaro guvohnoma bilan avtomobilni boshqarish mumkinligini tekshiring.
- Xalqaro guvohnomadagi ism talaffuzi va Koreya guvohnomasidagi ism talaffuzi bir-biriga mos kelmasa, xalqaro guvohnoma haqiqiy deb topilmaydi.
- Koreya hududida yashash muddatida chet eldan olgan xalqaro guvohnoma bilan mashina haydash mumkin emas. (Aloqador dalil : Yo’l-transport to’g’risidagi qonunning 96-bob, 3 - bandi)
- Koreya hududida yaroqli deb hisoblanuvchi xalqaro guvohnoma nusxasini ‘International Driving Permit’ orqali kuchga ega bo’luvchi ‘International Driving License’ sifatida ishlatish mumkin emas.
- Koreya Jeneva bilan kelishuv shartnomasi tuzgan davlat sifatida, Jenevadan olingan xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan Koreya hududida mamlakatga kirgan kundan boshlab 1 yil davomida mashina haydash mumkin. Yana, 2012 yil 1-yanvaridan boshlab, Vena hamkorlik davlatidan olingan guvohnomalar orqali ham Koreya hududida 1 yil davomida mashina haydash mumkin.
- Koreyadan olingan xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan Jenevada mashina haydash mumkin (Faqatgina, Vyetnamda mashina haydash mumkin emas)
- Jeneva va Venadan olingan guvohnoma bilan Koreyada mashina haydash mumkin
- Xitoyga kelsak, u Jeneva va Vena konvensiyalarga kirmagan bo’lib, Xitoyning “bitta davlat va 2 tizim” boshqaruv usuliga ko’ra, Britaniyadan qaytarib olingan Gonkong shahri (1997 yil 1-iyul) yoki Portugaliyadan qaytarib olingan Makao(1999 yil 20 dekabr)dan olingan xalqaro guvohnomalarning amal qilish muddati avvalgidek Koreyada tan olinib, mashina haydash mumkin.
- Alohida shartnomalar va kelishuvlarga ko‘ra, Vetnam va Tayvanda xalqaro haydovchilik guvohnomasi bilan haydash ham mumkin, biroq undan qanday foydalanish va ruxsat berilgan haydash turlari haqid ma’lumotlar olish uchun elchixonadagi xalqaro haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlariga yoki "Xavfsiz haydovchilik integratsiyalashgan fuqarolik arizasi" ga qarang.
|
IC haydovchilik guvohnomasi
IC (elektron karta haydovchilik guvohnomasi) haydovchilik guvohnomasi nima?
- Mobil haydovchilik guvohnomasini berish funksiyasi bilan jihozlangan haqiqiy haydovchilik guvohnomasi.
- Ushbu haydovchilik guvohnomasi standard haydovchilik guvohnomasidan litsenziya fotosurati ostidagi mobil ID (identifikator belgisi) orqali aniqlash mumkin.
IC운전면허증 : 항목, 내용을 포함한 표입니다. | predmet | Kontent |
| Ariza berish joyi | - Haydovchilik guvohnomasini sinovdan o‘tkazish milliy markazi yoki politsiya bo‘limiga tashrif buyurib, ariza topshirish
- Safe Driving Integrated Civil Petition Center of the Road Transport Corporation (Avtomobil transporti korporatsiyasining xavfsiz haydashga integratsiyalashgan fuqarolik arizalari markazi) orqali murojaat qiling ( agar yuqoridagi test markazi va politsiya uchastkalari kerakli qabul joyi sifatida belgilangan boʻlsa)
|
| Talablar | - Haydovchilik guvohnomasi (Agar haydovchilik guvohnomasi yoʻqolgan boʻlsa, ID karta talab qilinadi.)
- Mobil haydovchilik guvohnomasi arizachi shaxsan murojaat qilgan taqdirda qabul qilinadi.
- Biroq, joyida rasmiylashtirish uchun ariza topshirayotganda, litsenziya fotosurati mobil haydovchilik guvohnomasiga mos kelmaydi, shuning uchun qayta rasmiylashtirish maqsadida ariza talab qilinishi mumkin. Bunda oxirgi 6 oy ichida olingan pasport o‘lchamidagi 1 ta fotosurat (3,5X4,5 sm) taqdim etilishi kerak (qobiliyat imtihonida yoki yangilanganda 2 varaq)
|
| Toʻlovlar | Qobiliyat imtihoniga ariza topshirishda 21 000 KRV / yangilash, qayta chiqarish yoki yangi chiqarish uchun ariza topshirishda 15 000 KRV |
| Boshqa | - Mobil haydovchilik guvohnomasiga koʻra, ikki mobilniy telefondan ortigʻini bir paytni oʻzida ishlatish mumkin emas.
- Smartfonni o'zgartirishga kelsak, mobil ID ilovasini o'chirish, haqiqiy haydovchilik guvohnomasini o'zgartirish va mobil haydovchilik guvohnomasidan foydalanish uchun mobil haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati (3 yil), IC haydovchilik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki joyida berish uchun ariza talab qilinadi.
|
Mobil haydovchilik guvohnomasi
Mobil haydovchilik guvohnomasini joyida berish nima?
- Haqiqiy haydovchilik guvohnomasini oʻzgartirishlarsiz mobil haydovchilik guvohnomasini olish usuli.
- Haydovchilik guvohnomasi uchun test topshirish markaziga tashrif buyurib hujjat topshiring va mobil haydovchilik guvohnomasini oling.
모바일면허증 : 항목, 내용을 포함한 표입니다. | Predmet | Kontent |
| Ariza topshirish joyi | - Seoul Seobu & Daejeon haydovchilik guvohnomasi test markazi
|
| Talablar | - Haydovchilik guvohnomasi ( agar haydovchilik guvohnomasi yoʻqolgan bo'lsa shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi
- Agar ariza beruvchi shaxsan murojaat etsa mobil haydovdilik guvohnomasi qabul qilinadi
- Ammo joyida chiqarish uchun ariza berayotganda guvohnoma rasmi mobil haydovchilik guvohnomasi rasmiga mos tushmasa qayta chiqarish talab qilinishi mumkin Bu holda soʻngi 6 oy ichida olingan 1 pasport oʻlchamidagi fotosurat(3.5-4.5 sm) topshirilishi kerak( qobilyat testi va yangilash hollarini hisobga olgan holda 2 list)
|
| Toʻlovlar | 1,000 KRV - Ammo alohida joyida chiqarish uchun ariza berganda guvohnoma rasmi mobil haydovchilik guvohnomasi rasmiga mos kelmasa qayta chiqarish uchun ariza talab qilinishi mumkin
Bu holda toʻlovlar talab qilingan qoʻshimcha xizmatlar tufayli joriy etilishi mumkin. |
| Boshqa | - Mobil haydovchilik guvohnomasi sifatida 2 mobil telefondan ortiĝi bir vaqtda qòllanilmaydi
- Smartfon oʻzgarishi, mobil ID ilovasi oʻchirilishi, haqiqiy haydovchilik guvohnomasi oʻzgarishi, mobil haydovchilik guvohnomasidan foydalanish uchun mobil haydovchilik guvohnomasi muddati tugashi( 3 yil)ga keladigan bòlsak, IC haydovchilik guvohnomasi bilan qayta chiqarish yoki joyida chiqarish uchun ariza talab etiladi.
|
Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi nusxasi
Xalqaro haydovchilik guvohnomasi nusxasi
To’liq ma’lumotni “Yo’l harakati xizmati” (www.koroad.or.kr) yoxud telefon (☎1577-1120) raqamlariga murojaat qilib bilishingiz mumkin.
05Poyezd
Poyezdlar aeroport xizmatidan keyingi o’rinda turuvchi eng tezkor transport vositasi hisoblanadi. Ko’pchilik asosiy katta shaharlarda poyezd stansiyalari mavjud bo’lib, ular avtobus va metrolarga bog’langanligi sababli oson va qulay foydalanish mumkin. Ekspres poyezd (KTX.SRT) Semail-ho(yangi ko’cha bo’limi), Mugonghua-ho bo’limlari mavjud.
(1)Poyezd chiptalarini xarid qilish tartibi
KTX chiptalari bekat kassalari, chipta sotish elektron qurilmalari va internet (www.letskorail.com) orqali bemalol oldindan buyurtma qilgan holda sotib olish mumkin. Buyurtma qilish kun davomida uzluksiz 24 soat (internet orqali) mumkin. Shuningdek,chiqmoqchi bo’lgan poyezdingizning jo’nashidan bir oy oldindan boshlab bron qilishning imkoniyati mavjud. Buyurtmachi va yo’lovchi shaxs boshqa boshqa bo’lsa, bunday holatda buyurtmachi chipta pulini to’lashi lozim. Poyezdga chiqayotganda yo'l chiptasiga ega bo'lish lozim.
(2)Ekspress poyezd(KTX∙SRT) dan foydalanish tartibi
Ekspress poyezd(KTX∙SRT) butun mamlakatni 2soatda aylanib bog’laydigan ekologik va juda katta tezlikka ega transport vositasi hisoblanadi.
Vagonlar oddiy va lyuks kabi turlarga bo’linib, bundan tashqari poyezdda hojatxona, ona va bolalar uchun xona va oziq-ovqat xaridi uchun elektron qurilmalar mavjud. Bundan tashqari Wi Fi hamda elektr rozetkalaridan foydalanish kabi ajoyib xizmat turlari mavjud.
Yodda tuting!
- KTX yo'nalishlari (Kyongbu, Xonam, Kyongjon,Cholla, Kangnung) haqida "letskorail"(www.letskorail.com) saytidagi "Bekatlar haqida ma'lumot" sahifasidan yoki "korailtalk" mobil dasturini yuklab olib ma'lumotlarni aniqlash mumkin.
- SRT yo'nalishlari (Kyongbu, Xonam) haqida "SR(etk.srail.co.kr)" saytida "Foydalanish bo'yicha"-"Bekatlar haqida ma'lumot" - "Yo'nalishlar haqida" sahifasidan ma'lumotlarni olish mumkin.
06Havo transporti
Uzoq yo’lga otlanganda havo yo’llari xizmatidan foydalanish anchagina vaqtimizni tejaydi. Biroq bu usul boshqa transport vositalariga qaraganda ancha qimmatga tushadi. Mamlakat hududida asosan Seul-Pusan, Seul-Cheju, Seul-Tegu, Seul-Ulsan, Seul-Gvangju, Seul-Shichon, Seul-Yosu va boshqa mahalliy reyslar amalga oshiriladi. Havo yo’li chiptalarini aeroportdan, shuningdek telefon yoki internet orqali aviakompaniya yoki turistik firmalar bilan bog’lanib oldindan buyurtma berish orqali sotib olishingiz mumkin.
(1)Xalqaro aeroportlar
(2)Mahalliy aeroportlar
(3)Asosiy aviakompaniyalar nomi va telefon raqamlari
Asosiy aviakompaniyalar nomi va telefon raqamlari | Davlat nomi | Kompaniya nomi | Telefon raqami | Davlat nomi | Kompaniya nomi | Telefon raqami |
| Tayvan | Chonghwa Air | 02-317-8888 | Yaponiya | Japan Air | 02-757-1711 |
| Koreya | Korean Air | 1588-2001 | Yaponiya | ANA aviakompaniyasi | 02-2096-5500 |
| Koreya | Asiana Airlines | 1588-8000 | Xitoy | Juneyao Air | 051-463-0093 |
| Koreya | Air Busan | 1666-3060 | Xitoy (Gongkong) | Dragon Air | 1644-8003 |
| Koreya | Eastar Jet | 1544-0080 | Xitoy | Xitoy xalqaro aviakompaniyasi | 02-774-6886 |
| Koreya | Jeju Air | 1599-1500 | Xitoy | China Southern Airlines | 1899-5539 |
| Koreya | Jin Air | 1600-6200 | Xitoy | China Estern | 1661-2600 |
| Koreya | T’way Air | 1688-8686 | Xitoy | Shanxay Air | 1661-2600 |
| Laos | Lao Air | 02-6357-0808 | Kambodja | Sky wings Kor | 02-752-2633 |
| Rossiya | Yakutiya Air | 02-335-6944 | Tailand | Orient thai Air | 02-3707-0114 |
| Mo’g’iliston | Mongol Air | 02-756-9761 | Tailand | Thai Air | 02-6105-2037 |
| Vyetnam | Vyetnam Air | 02-757-8920 | Filippin | Air Asia Filippin | 1544-1717 |
| Yaponiya | Air Peach | 02-2023-6764 | Vyetnam | VietJet Air | 02-319-4560 |